Qur’oni Karim insoniyat hayotini tartibga solmoq uchun Allohu taolo tarafidan Payg`ambar hazratlari Muhammad (S.A.V) vositasida insonlarga tushirilgan o`xshashi yo`q, o`zgarmagan va qiyomatga qadar o`zgarmaydi gan Yagona qonun kitobidir. Inson saodati Qur’on ila to`la hech bir kamchiliklarsiz tayyorlab qo`yilgan. Barcha baloyu-qazolardan, qiyomat azoblaridan qutulish sabablari va yo`llari Qur’oni Karimda ko`rsatilgan. Faqat bu haqiqatni anglashda kishilar qurslik qiladilar.
Qur’oni Karim, bugun bir milliarddan ortiq musulmon millatining Yagona qonun manzumasi (sistemasi)dir.
Millionlab olimlar, faylasuflar va avliyolar tastiqlab, iymon keltirgan, yuzlarcha million musulmonlarning muqaddas kitobi-bu Qur’ondir.
Qur’on, bir qator johillar tarafidan ko`pgina etirozlarga, tanqidlarga va ularning hujumlariga uchradi. Ammo har safar, Qur’onga hujum qilganlarni u kitob hayron qoldirib, dahshatga solmishdir.
Qur’on, bir ulug` kitobdir, uni faqat chin haqiqatni bilishni istaganlar, chin Haqqa oshiqlargina anglay oladi, tushuna oladilar.
Qur’on, o`z zamonida eng rivojlangan til bo`lgan arab tilida zohir etilgan bir kitobdir. U bir adabiyot mo’`jizasidir. Bu kitob to`la, tom ma’nosi bilan tarjima etilmaydi va tarjima etolmaydilar.
Qur’on shunday bir buyuk nazmdirki, uning har ayatiga butun arab va ajam adiblari, shoirlari sajda qiladilar. Kitobni tushunish va anglashni bir tomonga qo`yib, hatto uning kalimalarini-so`zlarini o`qiy olmagan johillarning u kitob haqida (xususida) so`zlashmalari kulgili bir hol bo`lish bilan bir qatorda u katta bir fojia ham hisoblanadi. Bu hol tib ilmini bilmagan, o`qimagan bir kishining doktorlik qilishiga o`xshaydi.
Qur’on, she’r emas, she’rning hikmat bilan qaynatilmasidir. Uni, bitta gulda koinotning go`zalligi va mukammalligini, bir tomchida buyuk bir to`fonni ko`rgan odamgina anglaydi, tushunadi.
Qur’on nurdir. Qur’on hidoyatga erishish vositasidir. Qur’on barcha haqiqatlar to`plami, jamidir.
Musulmonlar, faqat Qur’onni tasdiq etadilar va unga tobe bo`ladilar. Qur’onni tasdiq etmovchilar musulmonlar birligida bo`lolmaydilar. Chunki Qur’onni tasdiq etmagan musulmon emas.
”Iymonning amri vijdondir”, deyish, ”Allohni, Muhammadni, Qur’onni faqat tilda emas, dildan tasdiq etaman”, demakdir. Bu ifodalar, harakatlar va ibodatlar Allohning yagonaligini tasdiqlashni olqishlovchi ifodalar hisoblanadi.
Dunyo kufr bilan vahshatning jang maydonidan iborat bo`lgan bir zamonda, chegarasiz cho`llardan yorug`lik sochgan Qur’oni Karim butun koinotni nurga purkadi. Bularni tarixdan o`qib bilish mumkin bo`ladi. Uni o`qi!
Odamga odamni, koinotni, Haqni, hikmatni, Allohni o`rgatgan Qur’ondir. Falsafani tadqiq et.
Odamlar, butparast edilar, ularni haqparast etgan-Haqqa burgan Qur’oni Karimdir.
”Ilm, har bir ayol va erkakka farzdir”. ”Beshikdan mozorga qadar ilm o`rganinglar”. ”Ilm Chinda(Xitoyda) bo`sa ham ket uni ol”. ”Musulmonda etishmovchi narsa ilmdir. Uni qaerda topsang, darhol o`rganib ol”. ”Olimning siyohi shahidlarning qonidan xayrlidir”. ”Ilmning darajasi, barcha boshqa darajalardan yuksagidir”, degan, ilmni tashviqot etgan, haqiqiy madaniyatni yuzaga keltirgan, uni davomli etgan Qur’oni Karimdir.
Musulmonlarning orqada qolishini(qoloqliklarini), ularning musulmon bo`lishliklari, deb hisoblagan, zehnda qoloqlar, aksincha musulmonlar Islomdan uzoqlashib, haqiqiy musulmoncha hayot kechirmaganliklaridan ular orqada qolganliklarini bilmaydilar yoki bilishni istamaydilar.
Musulmonlarning ilg`or bo`lishi va rivojlanishi faqat va yana faqat Islomda mahkam turish, unga qo`sh qo`llab yopishish ila amalga oshadi.
”Allohu taolodan o`zga mulk sohibi, Undan boshqa sulton, amir yo`qdir”-bu Qur’on ayatidir
Добавлено (09.07.2008, 02:56)
---------------------------------------------
Adolatni, hurriyatni, tenglikni, hayvonlarga ham shafqatli bo`lishni ko`rsatgan, ularni farz etgan; zulmni, poraxo`rlikni, qonunsizlikni, o`g`irlikni, haqsizlikni, yolg`onni, yolg`on guvohlikni, haqni ezib, zolimni qo`llashni tamoman man etgan, ularning barchasini harom qilgan Qur’ondir.
Podshoh bilan kambag`alni bir xil qora qursiga o`tqazib teng bir shaklda mahakama etgan Qur’ondir.
Etimni, faqirni, hech kimi yo`qni, mazlumni himoya etgan yana Qur’ondir.
Xayrni, nomusni fazilatni amr qilgan; sha’rni, shirkni, jaholatni, shafohatni man etgan ham Qur’ondir.
Bugun kishilarga tavsiya etilishi mumkin bo`lib, u Qur’onga kirmagan birorta haqiqat yo`qdir.
Insoniyat uchun eng tartibli hayot Qur’on ko`rsatgan hayot, Qir’on ko`rsatgan hayot tartibidir.
Falsafa o`qimaganning Qur’oni Karim haqida so`zlashi mumkin emas. Falsafa kalom ilmidir.
Qur’onga e’tiroz bildirib, unga inkorga turganlarga Qur’on har vaqt keng o`rin beradi.
Qur’on haqida behuda so`zlaganlar dunyo nizomini yanada yaxshilashga yo`l emas, boshqa masala ko`rsatsin.
Qur’onsiz madaniyatlarning hayoti naqadar qashshoqliklarini ko`z oldimizda, ko`rib turibmiz. Mana qarang, g`arb madaniyati va uning iflosliklari na qadar?
Ovropa madaniyatining haqiqatan taqdirga sazovor qismi, minglarcha yil bundan muqaddam Qur’on xabar bergan va tashviqot etgan ilm tarafidadir.
Barcha nojo`ya qiliqlar Islomni tushunmaslikda, uni yaxshi anglab etmaslikdadir.
Bizda, shu zamonda Qur’on haqida so`z so`zlaganlar, go`yo ular o`zlarini munavvar hisoblasalarda, aslida ular bir to`da johillardir. Chunki, biz ularning hech qanaqa ma’lumotga ega emasligini, ilmlarining qaerdan chiqib, qaysi manbaga suyanishini yaxshi bilganimiz uchun ular haqida hukm so`zlamoqdamiz. Bordi-yu, ular johil bo`lmasalar, unda ular qobiliyatli biror xoinlardir.
O`qimagan, tushunmagan, bilmagan kitobdan bahs etgan biror kimsa qanday kulgili va masxaralikka tushsa, Qur’onni o`qimagan, anglamaganlarning unga qarshiliklari ham xuddi shunday kulgili va masxaralikdir.
Biz juda yaxshi bilamizki, Qur’onga til tekkizganlar, umumiy muhokama qarshisida qochajaklar, yashirinishga eshik izlab qoladilar. Ammo ular uni(u teshikni) topa olmaydilar.
Qur’onni va uning hikmatlarini anglamaganlarga hayron qolmanglar. Chunki bu ilohiy kalomni bir qator muhim ilmiy tadqiqotlardan so`ngra anglash mumkin bo`ladi.