Netay sog'lar ichra xastadir bu jon,
Sevgisiz umrga qoldi dog' inib.
Tun bo'yi qalbimni qiynadi armon,
Tun bo'yi yig'ladim seni sog'inib.
Qaydadir sargardon bizning baxt?
Seni sevardimku sevgilim jondan.
Bahorda gullari to'kilgan daraxt,
Yana neni kutsin ayt qaxratondan.
Dunyoni keng derding, tor ekan dunyo,
Aldamchi visolga oxir ishondim.
Seni bir so'zingni eshitguncha to,
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim.
Azizam faqat sen yosh to'kma sira,
Menku shirin darddan nasiba oldim.
Hamon faxrdaman shu hayot ichra,
Seni hayotdan ham ko'proq sevoldim.
Hayolim qaygadir yana shoshadi,
Dilda yal-yal yondi qizil gul unib.
Tun bo'yi uyquga xiyonat qildim,
Tun bo'yi yig'ladim seni sog'inib.
Dunyoni keng derding, tor ekan dunyo,
Aldamchi visolga oxir ishondim.
Seni bir so'zingni eshitguncha to,
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim.
Hayolim qaygadir yana shoshadi,
Dilda yal-yal yondi qizil gul unib.
Tun bo'yi uyquga xiyonat qildim,
Tun bo'yi yig'ladim seni sog'inib.
Dunyoni keng derding, tor ekan dunyo,
Aldamchi visolga oxir ishondim.
Seni bir so'zingni eshitguncha to,
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim.